Qobiljon Tuxtamatov.

26 Fevral, 2026-yil

Dasturlashga kirib kelishim#

Taxminan 2021-2022 yillarda dasturlash haqida akam orqali bilganman, o'sha paytlar dasturlash sohasi O'zbekistonda endi rivojlanayotgan soha edi. Yoshligimdan texnikaga, yangi elektronniy narsalar yasashga qiziqganim uchun dasturlashga ham tez qiziqib qolganman. Dasturlash aynan men xohlagan narsa edi, jismoniy qiyinchiliklarsiz dasturiy taminotlar yasay olish... .

Shundan keyin deyarli har kuni "Dasturlash nima? Dasturchi kim?" degan nomdagi videolarni YouTube'dan ko'rardim va dasturlash aynan men uchunligiga yanada amin bo'lardim. Dasturlash va dasturchilar haqida ko'p video ko'rganimdan YouTube rekomendatsiyamdan "Saidbek Arislonov"ning web dasturlash asoslar ya'ni HTML, CSS darslari chiqdi. Men kirib ko'ra boshladim, uyimizda rossiyadan kelgan eski kompyuter bor edi, dasturlashga qiziqganim uchun va Saidbek aka yozgan kodlarni o'zim ham yozish ishlatib ko'rish xohishi bilan uni tuzattirdim.

[ustiga oyog'imni qo'yganim uchun uzur😁]

mana o'sha mening eski lekin men uchun birinchi, eng ko'p bilim olishimga sabab bo'lgan kompyuter, u ancha qiynalib ishlardi lekin HTML, CSS, JavaScript'ni ancha yaxshi o'rganib olishim uchun yaxshigina yordamlashgan.

shu 1-2 yil HTML, CSS da "Online Tutorials" nomli YouTube kanaldan animatsiyalar, turli xil unique style lar qilish ni o'rganganman

Keyinchalik akamning yangi kompyuterida ReactJS ni o'rganishga harakat qildim. ReactJS'ni YouTube'dan Zokir Rakhimov'dan o'rganganman deb ayta olaman. O'rganish ancha qiyin bo'lgan chunki mening ustozim bo'lmagan, dasturlashga qiziqishim kuchli bo'lgani uchun ertalab soat 1da uyg'onib kompyuterda o'rganardim chunki "Humans" sim kartasini ishlatardim va unga "Tungi cheksizlik" paketi bor edi, u bilan soat 1:00 dan 7:00 gacha cheksiz internet ishlatish mumkin edi va ertalab internet tezligi yaxshi bo'lar edi.

Shundan qilib dasturlashni o'rganish davomida ingliz tilini xam o'rganib olganman, boshlang'ich grammatikani kitoblardan, ingliz tili kurs qiladigan qarindoshlardan o'rganganman keyinchalik ko'p inglizcha content, darslar, Web dev simplified YouTube kanalidan videolar ko'rib ancha ingliz tili darajam xam oshib qolgan.

Karyeramning boshlanishi#

Keyin MacBook oldim (taxminan 1-2yil oldin):

Uni olgunimcha ancha muncha narsalarni o'rganib bo'lgadim, keyin praktika qilish boshladim pet projectlar degandek.

August oylarida kwork.ru platformasidan freelance projectlar qidirishni boshladim, keyin bir kishi o'zi aloqaga chiqdi. U bilan 3-4 oy ishlab unga roofing service uchun sayt qilib berdim.

Yilning oxirlarida o'z viloyatim shaxridan ish chiqdi (tog'amning o'g'li web dasturlashdan dars berar edi, u meni yordamchi o'qituvchilikka chaqirdi): men borib suhbatdan o'tdim va ishlashni boshladim, bolalarga boshlang'ich web asoslarini o'rgatish oson bo'ladi, chunki web dasturlashning boshlanish HTML, CSS , JavaScript lar; ularda 2yil tutoriallar ko'rib animatsiyalar bilan ishlagan odam (men) uchun qiyinmas edi. Shu holatda 2oy yordamchi o'qituvchi bo'lib, keyin 1 oy Main o'qituvchi bo'lib ishladim lekin bu holatda o'sish bo'lmasligini bildim. Qiynalmasang, ter to'kmasang FAANG ga yetib borolmaysanda odam, shuning uchun men u yerdan chiqib kettim.

Ishsiz bo'lsam ham projectlar qilishni, yangi narsalar/texnalogiyalar ni o'rganishdan to'xtatmadim: backendni o'rganishni boshladim.

NodeJS: ExpressJS & MongoDB da boshlang'ich CRUD operationlarni qilishni boshladim. Eng so'nggi texnalogiyalarni o'rgandim: HonoJS & Supabase, ularni oldingi strong structured framework, databaselardan nimasi bilan yaxshiroqligini ko'rib chiqdim va keyin yangilari bilan ko'proq ishladim (deyarli hamma projectlarim backend qismi HonoJSda yozilgan va database uchun Supabasedan foydalanganman).

davomi bor...